Buyuk Britaniyaning Advance HE tashkiloti
Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi Xalqaro hamkorlik va xorijiy tajribani tadqiq qilish boʻlimi boshligʻi, PhD Musurman Xurramov Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan oʻtkazilgan tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Buyuk Britaniyaning Advance HE tashkilotida ilmiy stajirovka oʻtamoqda.
Stajirovka dasturiga koʻra Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati holatini monitoring qilish boʻyicha Buyuk Britaniya tajribasi hisoblangan “Umummilliy talabalar soʻrovnomasi”ni oʻkazish bilan bogʻliq tashkiliy mexanizmlarni oʻrganish, Talabalar ofisining ta’lim sifatini doimiy va davriy baholash borasidagi ilgʻor tajribalari bilan yaqindan tanishish hamda ularning ichidan eng maqbullarini milliy tizimga joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsad qilingan.
Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirildi.