Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, TDYU huzuridagi Professional o’qitish markazi rahbari, PhD

Maxmudov Firuz

Buyuk Britaniyaning Lester universiteti

  • Stajirovka o‘tab kelgan vaqti: 2024-05-18 - 2024-06-12

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, TDYU huzuridagi Professional o’qitish markazi rahbari, PhD Maxmudov Firuz Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan oʻtkazilgan tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Buyuk Britaniyaning Lester universitetida ilmiy stajirovka oʻtamoqda.

 

Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish masalalariga bagʻishlangan mazkur stajirovka davomida tadqiqotchi tomonidan korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish masalalari boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, zamonaviy ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, shuningdek akademik va ta’lim sohasidagi ijobiy yutuqlarni oʻrganish va hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilingan.

 

Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirildi.