Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti “ Oziq-ovqat xavfsizligi va texnologiyasi” kafedrasi assistenti

Mahammadiyev Jasur Nasirillo o‘g‘li

Turkiya Respublikasining Afyon Kojatepe Universiteti

  • Stajirovka o‘tab kelgan vaqti: 2024-07-02 - 2024-07-30

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti “ Oziq-ovqat xavfsizligi va texnologiyasi" kafedrasi assistenti Mahammadiyev Jasur Nasirillo o‘g‘li Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritib, hozirda Turkiya Respublikasining Afyon Kojatepe Universitetida ilmiy stajirovka o'tamoqda.

 

Stajirovka dasturiga binoan, J.Mahammadiyev qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlashda turli qoplamali mikrokapsulalardan foydalanish hamda qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan pestitsidlarlarni atrof muhitga zararini kamaytirish maqsadida mikrokapsulalash usulidan foydalanish ustida tadqiqot olib bormoqda.

 

Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan moliyalashtiriladi.