Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti doktoranti

Axmedxоdjayeva Umida va Zaynutdinova Zuxra

Rossiya Federatsiyasining I.Repin nomidagi Sankt-Peterburg badiiy akademiyasi

  • Stajirovka o‘tab kelgan vaqti: 2024-08-06 - 2024-09-10

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti doktorantlari Axmedxоdjayeva Umida va Zaynutdinova Zuxralar Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritib, hozirda Rossiya Federatsiyasining I.Repin nomidagi Sankt-Peterburg badiiy akademiyasida ilmiy stajirovka o'tamoqdalar.

 

Stajirovka dasturiga binoan, tadqiqotchilar tomonidan XX asr 2-yarmi O'zbekiston tasviriy san'ati va badiiy hayoti rivojlanishida rus rassomlarining  oʻrni boʻyicha tadqiqot ishlarini olib bormoqda.  Shuningdek, akademiyaning o'quv jarayonlari, va akademiya qoshidagi muzey faoliyati o'rganilmoqda.

 

Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan moliyalashtirildi.