TIQXMMI "Milliy Tadqiqot Universiteti  "Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi" mutaxassisligi magistrantlari

Jalilov Sirojiddin, Ruziyev Dilmurod, Zokirov Ilhomjon va Jalilova Xumora

"Slovak university of agriculture in Nitra" universiteti

  • Stajirovka o‘tab kelgan vaqti: 2024-03-21 - 2024-06-20

"TIQXMMI" Milliy Tadqiqot Universiteti magistrantlari Slovakiyada stajirovka o'tashdi

 

TIQXMMI "Milliy Tadqiqot Universiteti  "Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi" mutaxassisligi magistrantlari Jalilov Sirojiddin, Ruziyev Dilmurod, Zokirov Ilhomjon, Jalilova Xumoralar joriy yilning mart-aprel oylarida "Slovak university of agriculture in Nitra" universitetida stajirovka o'tashdi.

 

Yosh olimlarimiz stajirovka mobaynida suv omborlari, kanallar va suv tejamkor sug'orish texnologiyalaridan oqilona foydalanish kabi ilmiy mavzularda o`zlarining malakalarini oshirishdi. Tadqiqotlar o'tash va turli dasturlarni o'rganishdan tashqari, boshqa universitetlar bilan uchrashuvlar o'tkazishdi, u yerdagi mavjud texnika va texnologiyalarni o'rganishdi va turli konferensiyalarda ishtirok etib, yuqori tajribaga ega bo'lishdi.