Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti

Ahmadaliev Doniyorbek Qambaraliyevich

Qatar universiteti

  • Stajirovka o‘tab kelgan vaqti: 2022-08-01 - 2022-09-15

Andijon davlat pedagogika instituti Ijro etuvchi direktori o’rinbosari Ahmadaliev Doniyorbek O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yosh olimlar uchun tashkil etilgan tanlov g’olibi bo’lib, 2022 yilning avgust-sentyabr oylarida Doha shahrida joylashgan Qatar universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o’tab qaytdi. Qatar univeristeti dunyodagi oliy o’quv yurtlari reytingida Top 250talikdan joy olgan.

 

Ilmiy stajirovka “COni oksidlash va optimal katalizatorlar yaratishda “machine learning”dan foydalanish” mavzusida o’tkazildi. Uglerod oksidlanishi borasidagi o’rganishlar atrof-muhitni yaxshilashda va ekologik muammolarni hal etishda muhim rol o'ynaganligi sababli eng dolzarb tadqiqot mavzularidan biri hisoblanadi.

 

Stajirovka davomida Qatar universiteti professor-olimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tadqiqotlar natijasi Scopus va Web of science ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiruvchi “International journal of molecular science” (Molekulyar fanlar xalqaro jurnali) da chop etildi.

 

Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tomonidan moliyalashtirildi.