Toshkent arxitektura va qurilish universiteti “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasi assistenti

Qahramonov Xurshidjon Shuhrat o’g’li

Tomsk davlat arxitektura-qurilish universiteti, Rossiya Federatsiyasi

  • Stajirovka o‘tab kelgan vaqti: 2021-11-24 - 2021-12-29

Toshkent arxitektura va qurilish universiteti “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasi assistenti Qahramonov Xurshidjon Shuhrat o’g’li Tomsk davlat arxitektura-qurilish universitetida ilmiy stajirovka o’tab qaytdi.

 

Stajirovkaning maqsadi PhD nomzodlik dissertatsiyasi (Raqamlashtirish sharoitida uy-joy fondini boshqarish samaradorligini oshirish) doirasidagi ilmiy tadqiqot ishlaridan iborat edi.

 

Tomsk davlat arxitektura-qurilish universiteti Sibirdagi yetakchi qurilish universitetlaridan biri bo‘lib, arxitektura va qurilish profili yo'nalishlari bo'yicha bakalavrlar, magistrlar, mutaxassislar, texnik xodimlar tayyorlaydi. Texnik universitetlar orasida 49-o'rinni, arxitektura va qurilish universitetlari orasida 2-o'rinni egallaydi (MGDUdan keyin).

 

Ilmiy stajirovka davomida “Raqamlashtirish sharoitida uy-joy fondini boshqarish samaradorligini oshirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (PhD) muammolari, uning dolzarbligi, maqsad, vazifalari va dissertatsiyaning tuzilishi muhokama qilindi. Uy-joy fondi murakkab boshqaruv obyekti bo'lib, har bir turar-joy binosi o'ziga xos, turli xil arxitektura, konstruktiv va kosmik rejalashtirish yechimlariga ega, shuning uchun har bir turar-joy mulki uchun yaxshi ishlab chiqilgan sxema va boshqaruv tizimi talab qilinadi. Binobarin, xususiy va davlat mulki bo'lgan ko'chmas mulkni samarali boshqarishga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Ammo, ko'chmas mulkni boshqarish tizimi davlat hududida joylashgan har bir mulk to'g'risida zarur va yetarli ma'lumot mavjud bo'lgandagina kuchga kiradi. Shu munosabat bilan uy-joy fondini boshqarish sohasini modernizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega boʻlib, boshqaruvni iqtisodiy va axborot-tahliliy taʼminlashga, jumladan, uy-joy fondini qidirish, toʻplash, qayta ishlash, oʻzgartirish, saqlash, tarqatish va ulardan foydalanishga qaratilgan uslubiy va texnologik yechimlar orqali amalga oshiriladi. Ilmiy stajirovka rahbari tomonidan dissertatsiyaning nazariy asoslarini takomillashtirish maqsadida o‘qilishi kerak bo‘lgan zarur adabiyotlar ro‘yxati, dissertatsiya tadqiqotining tuzilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

2021-yilning 6-12-dekabr kunlari Tomsk davlat arxitektura va qurilish universiteti bilan yaqin hamkorlik qiluvchi tashkilotlardan biri bo’lgan “Azimut 360” MChJda xorijiy ilmiy stajirovkaning amaliy qismi tashkillashtirildi. Amaliyot davomida ko'chmas mulkni boshqarishning amaliy jihatlari o'zlashtirildi va Polygon PRO, CADASTRE dasturiy ta'minoti, Davlat kadastr xaritasi, Shaharsozlik atlasi, 1C: Ijara va mulkni boshqarish, BIT Mulkni boshqarish kabi raqamli dasturiy mahsulotlar bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'ldi.

 

Amaliyot dasturining asosiy qismlaridin biri Tomsk davlat arxitektura va qurilish universitetida joylashgan Sibir va Uzoq Sharq mintaqalarida uy-joy kommunal xo'jaligini modernizatsiya qilish bo'yicha ilmiy-ta'lim markaziga tashrif buyurish edi. Amaliyot davomida avtonom isitish tizimi, issiqlik nasosi, issiqlik va gaz ta'minoti tizimlari, ventilyatsiya, suv ta'minoti va boshqalarni o'z ichiga olgan o'quv va laboratoriya jihozlari to'plami bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lindi. Ta'kidlash joizki, ushbu ilmiy-ta'lim markazi Rossiyada birinchi va yagona hisoblanadi.