Toshkent pediatriya tibbiyot instituti doktoranti

Abdullayeva Umida Umidovna

Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti, Rossiya Federatsiyasi

  • Stajirovka o‘tab kelgan vaqti: 2021-11-04 - 2021-12-01

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti doktoranti Abdullayeva Umida Umidovna 2021-yilning noyabr-dekabr oylarida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetida ilmiy stajirovka o’tab qaytdi.

 

Sankt-Peterburg pediatriya universiteti dunyodagi eng qadimgi pediatriya universitetlaridan biri bo’lib, asosiy vazifasi bolalar kasalliklarini o’rganish va  davolashdan iboratdir. Bugungi kunda Universitetda 60 dan ortiq bo'limlar mavjud va universitetda yiliga 15 mingdan ortiq zamonaviy jarrohlik o’tkaziladi va deyarli 100 ming chaqaloqlar va bolalarga tibbiy yordam ko’rsatiladi. Universitet 1925-yil 7-yanvarda tashkil etilgan boʻlib, koʻp yillar davomida universitet oliy tibbiy taʼlimning xalqaro markazi boʻlib kelgan.

 

Ilmiy stajirovkadan maqsad umumiy virusologiya bo‘yicha bilimlarni, shuningdek, yuqumli virusli kasalliklarning diagnostikasi, davolash va oldini olish tamoyillarini o‘zlashtirish, yetakchi sindromlarni aniqlash va bu boradagi barcha zarur bilim, ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat edi. Bundan tashqari, o'xshash belgilarga ega bo'lgan boshqa yuqumli va yuqumli bo'lmagan kasalliklarga chalingan bemorlarga differentsial tashxis qo'yish algoritmini ishlab chiqish maqsad qilingan edi.

 

Amaliyot davomida erishilgan natijalar:

  • virusli infektsiyalarning klinik kechishi viruslarning genotiplariga va turli populyatsiyalarda kechishiga qarab o'rganildi;
  • zamonaviy virusologik tadqiqotlar ko'nikmalari o'rganildi;
  • genetik virusologik tekshirish samaradorligi o‘rganildi;
  • viruslarning biologik xilma-xilligi va eng muhim xossalari, odamning yuqumli patologiyasida tutgan o‘rni o‘rganildi.

 

Shuningdek, ilmiy stajirovka doirasida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetining simulyatsiya markaziga tashrif uyushtirildi, chunki bugungi kunda tibbiyotda simulyatsiya texnologiyalari yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashda muhim va zarur komponent hisoblanadi.

 

Ilmiy amaliyot davomida olingan barcha bilim va ko‘nikmalardan ilmiy maqolalar, uslubiy ko‘rsatmalar va o‘quv dasturlarini yozishda foydalanilmoqda.