Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Neft va gazi ishi" kafedrasi assistenti

Samatov Sherzod Shavkatovich

Belarussiya milliy texnika universiteti

  • Stajirovka o‘tab kelgan vaqti: 2022-03-31 - 2022-04-28

2022-yil aprel oyida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Neft va gaz ishi" kafedrasi assistenti Samatov Sherzod Shavkatovich Belarussiya milliy texnika universitetida “Konchilik va muhandislik ekologiyasi kafedralari va laboratoriyalarini tahlil qilish va o'rganish” mavzusida ilmiy stajirovka o’tab qaytdi.

 

Belarus milliy texnika universiteti Belarus Respublikasida muhandislik ta'limi bo'yicha yetakchi hisoblanadi. Bugungi kunda u milliy universitet maqomiga ega bo'lgan mamlakatdagi yagona universitetdir. BNTUda o'quv jarayoni ta'lim, fan va innovatsion tadbirkorlik o'rtasidagi chambarchas bog'liqlikni ifodalovchi "Universitet 3.0" modeli doirasida ishlaydi.

 

Ilmiy stajirovka davomida “Konchilik va muhandislik ekologiyasi fakulteti”dekani – texnika fanlari nomzodi, dotsent Kologrivko Andrey Andreevich bilan birgalikda tabiiy resurslarni qazib olish, qayta ishlash, oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va atrof-muhitni boshqarish bo'yicha muhandis kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalalarida hamkorlikda ish olib borildi.