Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i PhD., dotsent

Abdilakimov Gafur Abdixalikovich

Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti

  • Stajirovka o‘tab kelgan vaqti: 2022-07-04 - 2022-08-04

2022-yilning iyul-avgust oylarida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i PhD., dotsent Abdilakimov Gafur Abdixalikovich Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universitetida ilmiy stajirovka o‘tab qaytdi.

 

2022-yil 7-8-iyulda Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalari universitetida “Urbanizatsiya va ta’lim” ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu ilmiy konferensiyada Latviyaning turli universitetlaridan kelgan professor-o‘qituvchilar bilan tanishildi.

 

2022-yil 18-iyulda Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalari universitetining Yevropa ittifoqining 500 mln Yevrolik loyihasi asosida qurilgan Boltiqbo‘yi mintaqasidagi eng zamonaviy laboratoriyaning ishlash jarayonini o‘rganildi. Laboratoriyada talabalar erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan yirik texnologiyalar mavjud. Talabalar ishlab chiqarish, masalan: iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish (biznes inkubator), ichimlik tayyorlash, hayvonlar holatini tahlil qilish, o‘simliklar va yerlar holatini o‘rganishlari mumkin bo‘lgan zamonaviy laboratoriyalar o‘rganildi.

 

Bundan tashqari, G.Abdulakimov stajirovka mobaynida Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalari universitetining ilmiy-texnik kutubxonasiga tashrif buyurdi. Ilmiy kutubxona fondi bilan tanishdi va unga kutubxona bazasidan foydalanish uchun kutubxona kartasi berildi va universitetning barcha ilmiy adabiyotlaridan foydalanish imkoniyati berildi.