Toshkent arxitektura va qurilish universitetining “Arxitektura dizayni” kafedrasi dotsenti v.b.

Nazarenko Tatyana Vasilyevna

Sankt-Peterburg davlat arxitektura va qurilish universiteti, Rossiya Federatsiyasi

Toshkent arxitektura va qurilish universitetining “Arxitektura dizayni” kafedrasi dotsenti v.b. Nazarenko Tatyana Vasilyevna 2022-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, 2022-yilning sentabr-oktyabr oylarida Sankt-Peterburg davlat arxitektura va qurilish universitetida ilmiy stajirovkadan o‘tab qaytdi.

 

Ilmiy stajirovka davomida “Ko‘p qavatli turar-joy binolarida yashil maydonlarni shakllantirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borildi. Jumladan, “Arxitektura dizayni” kafedrasi mudiri Surovenkov A.V., dotsent Perov V.F., Devyatova Yu.A., Kokorina O.G. kabi universitet professor-o‘qituvchilari bilan suhbatlar o‘tkazildi va keyingi tadqiqotlar uchun ma’lumotlar olindi.

 

T.Nazarenko ilmiy kutubxonalarda, elektron ma'lumotlar bazasi va tadqiqotchilar uchun ma'lumotlar bazasida ro'yxatdan o'tib, arxitektura va rejalashtirish tamoyillari bo'yicha zarur ma'lumotlar to'pladi. O’rganilgan ma’lumotlar asosida "Ko'p qavatli turar-joy binosi tarkibida yashil maydonlarni loyihalashning arxitektura va rejalashtirish tamoyillari" mavzusida maqola tayyorlandi va Scopus bazasiga kiruvchi jurnalda nashr etish uchun yuborildi.

 

Ilmiy stajirovkadan o‘tish bilan bir qatorda Nazarenko T.V. kafedrada tashkillashtirilgan turli darslarda qatnashdi. Jumladan, “Arxitektura dizayni” 2 va 3 kurs talabalari loyihalarini baholashda qatnashdi. Shuningdek, u Sankt-Peterburg shahrining yetakchi arxitektorlari tomonidan o'tkazilgan ma'ruzalar va Universitet tomonidan tashkil etilgan turli ekskursiyalarda qatnashdi.