Turkiyaning nufuzli Egey universiteti
Urganch davlat universitetning Xorijiy filologiya fakulteti “Roman-german filologiyasi” kafedrasi yosh tadqiqotchilari va tayanch doktorantlari Matmurodov Xojimurod, Davletova Dildora va Yoʻldashov Elyorbek Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, bugungi kunda Turkiyaning nufuzli Egey universitetida ilmiy stajirovka oʻtamoqdalar.
Mazkur stajirovka dasturiga asosan, tadqiqotchilar tomonidan turizm sohasiga oid manbalar (broshyuralar, veb-sahifalar) dagi turistik manzilgohlar toʻgʻrisidagi matnlarning tarjimasini, roman-german va turkiy tillarda rang va ruhiyatni ifodalovchi til birliklarni, ingliz va oʻzbek tillarida spekulyativ (fantastik, ilmiy-fantastik) adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi.