Ilmiy stajirovkalar geografiyasi yanada kengaymoqda
Andijon davlat tibbiyot instituti Biologik kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori Mamatova Irodaxon Yusupovna “Yosh olimlarni yetakchi ilmiy tashkilotlardagi qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari” tanlovida g‘olib bo’lib, hozirda Kanadaning Laval universiteti Immunologiya va mikrobiologiya kafedrasida professor Jean Sevigny bilan hamkorlikda imiy tadqiqot olib bormoqda. Laval universiteti Shimoliy Amerikadagi eng qadimiy universitetlaridan biri bo’lib, hozirda u dunyodagi oliy o’quv yurtlari reytingining Top 500 taligidan joy olgan.
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan stajirovka ichak yallig’lanishi kasalliklarini davolash bo’yicha yangi metodlarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Eslatib o’tamiz, 2018 yildan shu kunga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi va Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 500 ga yaqin olimlarimiz dunyoning 32 mamlakatidagi eng ilg’or oliy o’quv yurtlari va ilmiy muassasalariga stajirovka o’tash uchun yuborilgan.