

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasida xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish va qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun va mohiyatini tushuntirish borasida seminar trening bo‘lib o‘tdi.
Trening davomida Jamg‘arma bosh yuriskonsulti so‘zga chiqib yangi qabul qilingan bir necha Qonunlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida xodimlarga tushuntirishlar berdi. Xususan Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-957-son Qonuni bo‘yicha xodimlar tomonidan atroflicha bahs va munozaralar olib borildi.
Ushbu Qonunga ko‘ra bir qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining ma’muriy islohotlar doirasida transformatsiya qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi funksiyalari va vazifalarining alohida vazirliklarga o‘tkazilishi, shuningdek Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining qayta tashkil etilishi ularning rasmiy nomlanishini va vakolatlarini aniqlashtirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini talab etayotganligi.
Mazkur Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Sport vazirligining, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining nomlanishi va vakolatlari, shuningdek Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining nomlanishi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilganligi keltirib o‘tilgan.
Shuningdek, Qonunning 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrda qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-sonli hamda 2020-yil 24-iyulda qabul qilingan “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-630-sonli Qonunlariga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.