











30-iyun – Yoshlar kuni mamlakatimizda keng nishonlanib, yosh avlodga bo‘lgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik namoyoni sifatida yuksak ruhda o‘tdi. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida ham tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar uchun bayramona tadbir tashkil etildi.
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi ijro etuvchi direktori Jonibek Tavakalov so‘zga chiqib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri nomidan samimiy tabrikni o‘qib eshittirdi.
Tabrikda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan ustuvor e’tibor, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ayniqsa, ularning o‘z salohiyati va ijodiy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida qilinayotgan islohotlar alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yoshlar daftari”, “Yoshlar akademiyasi”, “Yoshlar startaplari”, “Ijod maktablari”, “Besh tashabbus olimpiadasi” kabi tashabbuslar yoshlarga bilim olish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, innovatsion faoliyatga kirib borish uchun keng imkoniyat eshigini ochib berayotgani ta’kidlandi.
Qayd etilganidek oliy ta’lim va ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish vazirlik siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Tadbir yakunida vazirning faol yosh kadrlarga bayram tabriknomasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.