










Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Ixtirochilikka qadam” tanlovining Respublika bosqichining yopilish hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbir Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazildi.
Tanlovda eng yaxshi deb topilgan 10 ta loyiha ishi mualliflariga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaliyotga tatbiq etish uchun maxsus vaucherlar taqdim etildi.
Shuningdek, tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1-, 2-, 3-o‘rin egalariga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.