




Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar tahlili bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Shu jumladan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direktori tomonidan kun videoselektor yig‘ilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan isloxotlar natijadorligi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Jumladan, “Ijro.gov.uz” elektron tizimida joriy yil yanvar oyida Jamg‘arma tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishi tushuntirildi.
Shuningdek, Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini oldindan to‘g‘ri rejalashtirish, I-chorakda kiritilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tezkorlik bilan sifatli ijrosini ta’minlash zarurligi ta’kidlanib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari Jamg‘arma Bosh yuristkonsulti so‘zga chiqib Prezidet topshiriqlari va ijro intizomi bo‘yicha yangi qonunchilik bilan tanishtirdi.