





O‘zbekistonlik yosh olimlar uchun Malayziyaning UTeM universiteti va UMBI institutida ilmiy stajirovka o‘tash imkoniyatlari yaratilmoqda
Delegatsiyamiz vakillari Malayziyaning Melaka texnika universiteti (UTeM) hamda Tibbiyot va molekulyar biologiya instituti (UMBI) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekistonlik yosh olimlar uchun UTeM universiteti va UMBI institutida qisqa muddatli xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.