O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 2021-yil 01-apreldagi PF-6198-son Farmoniga ko‘ra Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi unga Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasini va Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini qo‘shib olish yo‘li bilan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) etib qayta tashkil etilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2021-yil 01-apreldagi PQ-5047-son qaroriga ko‘ra Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi nizomi tasdiqlangan. 

              https://lex.uz/docs/-5352230

 

    Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:

  • innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan innovatsiyalarni yaratish va ularni joriy qilish;
  • ilmiy-tadqiqot, innovatsion, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalari;
  • ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish;
  • ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan asbob-uskunalar bilan jihozlash;
  • ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni (patentlarni) xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va patentni saqlab turish xarajatlarini qoplash;
  • ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi faoliyatini tashkil etish va uning asosiy vazifalarini ro‘yobga chiqarish tadbirlari;
  • yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlardagi ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (tomonidan jalb qilinayotgan yuqori malakali xorijiy davlatlar mutaxassislarining xarajatlari;
  • Vazirlikning Ilmiy-texnika axborot markazini, nashriyotini, shuningdek, Vazirlik qaroriga binoan tashkil etiladigan ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish;
  • Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari hamda Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, shu jumladan ularning xodimlari malakasini oshirish va xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlari;
  • Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari hamda Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
  • boshqa tadbirlarni, shu jumladan Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish.