





Yosh olimlarimiz Tataristonning Innopolis universitetida ham stajirovka otaydilar
Delegatsiyamiz vakillari xizmat safarining bugungi kunida mazkur ta’lim maskani rahbariyati bilan shu maqsadda muzokara olib bordilar va ilmiy stajirovkalarni tashkil etish yuzasidan Innovatsion rivojlanish agentligi, Jamg‘arma va Innopolis universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi.
Mazkur ilmiy stajirovkani joriy yilda amalga oshirishga kelishib olindi.
Tashrif davomida stajirovka o‘tovchilar uchun mavjud yashash sharoitlari ham o‘rganildi.
Ma’lumot uchun, Innopolis universiteti Rossiyada IT, sun’iy intellekt, robototexnika, uchuvchusiz qurilmalar sohalarida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi yetakchi universitetlardan hisoblanadi.