







Joriy yilning 24-may kuni Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi direktori Jonibek Tavakalov va Turkiyaning Balikesir Universiteti rektori, professor Dr. Yücel Oğurlu ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv doirasida professor Dr. Yücel Oğurluga Agentlik faoliyati, xususan amalga oshirilayotgan ilmiy va startap loyihalar natijalari bilan tanishtirilidi. Shuningdek, Universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy va innovatsion sohasidagi ishlar haqida fikr almashilib, hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish, hamkorlikda xalqaro Ilmiy anjumanlar o'tkazish hamda Agentlik huzuridagi Texnoparklar Balekisir Universiteti qoshidagi texnopark bilan o'zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinib, Balekisir Universitetining startaplarini “Innoweek.uz” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligida ishtirok etishga taklif qilindi.
Uchrashuv so'ngida, yuqoridagi yo'nalishlarda hamkorlik qilish bo'yicha kelishib olindi va mazkur hamkorlikni amalga oshirish maqsadida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.