O‘zbekistonlik yosh olimlar AQShning Berkeli shahridagi Kaliforniya universitetida stajirovka o‘tash istiqbollari ko‘rib chiqildi.
lm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan AQShning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlaridan biri Berkelidagi Kaliforniya universiteti masʼullari bilan onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Jamg‘arma nomidan Ilmiy stajirovkalarni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i Muhsinbek Jo‘rabekov hamda Ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari xaridini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i Jahongir Shomutalov ishtirok etdi. Muzokaralar davomida O‘zbekistonlik yosh olimlarni Kaliforniya universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish masalalari muhokama qilinib, uchrashuv yakunida o‘zaro ilmiy hamkorlik memorandumini imzolash va dasturlar tuzishga kelishib olindi.
Maʼlumot uchun, Berklidagi Kaliforniya universiteti 1868-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Times Higher Education xalqaro nufuzli universitetlar reytingida 9-o‘rinni egallaydi. Universitet Forbes nashriga ko‘ra AQSHning davlat oliy ta'lim muassalari orasida 1-o‘rinda hisoblanadi.