











Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direktori v.v.b. J.Tavakalov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan joriy yilning 3-7-avgust kunlari XXRga xizmat safari amalga oshirildi.
Xuachjun fan va texnologiya universiteti tomonidan tashkil etilgan forumda ishtirok etildi va mazkur universitet bilan muhandislik, axborot texnologiyalari, tibbiyot va biomeditsina yo‘nalishlarida ilmiy stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv natijasida o‘zbekistonlik yosh olimlarni mazkur universitetda muhandislik, axborot texnologiyalari, tibbiyot va biomeditsina yo‘nalishlarida ilmiy stajirovka o‘tashlari yuzasidan tomonlar o‘rtasida memorandum imzolandi.
Xuachjun fan va texnologiya universiteti 1952-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Reyting ko‘rsatkichlari: QS World University Rankings 2026: 84-o‘rin (dunyodagi eng yaxshi 100 talikka kiradi); THE World University Rankings: yuqori reyting, Osiyodagi eng kuchli universitetlar qatorida; ARWU (Shanxay reytingi) 2025: 81-o‘rin (Xitoydagi eng kuchli 10 ta universitetdan biri); QS WUR by Subject: Muhandislik, kompyuter fanlari va materialshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 50 ta universiteti qatorida turadi; Ilmiy salohiyati: Universitet tarkibida 4 ta davlat laboratoriyasi, jumladan, dunyoga mashhur Uxan milliy optoelektronika laboratoriyasi (WNLO) faoliyat yuritadi.
Xitoy Milliy yadro korporatsiyasining Strategik rejalashtirish va tadqiqot instituti (CNNC Strategic Planning and Research Institute) mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv natijasida o‘zbekistonlik yosh olimlarni mazkur institutida yadro texnologiyalari, energetika va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarida ilmiy stajirovka o‘tashlari yuzasidan tomonlar o‘rtasida memorandum imzolandi.
Shuningdek, stajirovka o‘tovchi olimlar uchun yaratilgan
shart-sharoitlar o‘rganildi.
Xitoy Milliy yadro korporatsiyasining Strategik rejalashtirish va tadqiqot instituti – Xitoy Milliy yadro korporatsiyasi (CNNC) tarkibidagi yetakchi ilmiy-tahliliy muassasa bo‘lib, yadro energetikasi strategiyasi, atom texnologiyalari va ilmiy-texnik rivojlanish yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib boradi. CNNC – dunyodagi eng yirik yadro energetikasi kompaniyalaridan biri bo‘lib, 50 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi va yiliga 400 mlrd yuan dan ortiq daromad oladi.
Xitoyning oltinchi muhandislik byurosi (China Construction Sixth Engineering Bureau Corp. Ltd.) mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘zbekistonlik yosh olimlarni mazkur tashkilotda qurilish texnologiyalari, muhandislik va innovatsion qurilish yechimlari yo‘nalishida ilmiy stajirovkalarni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida memorandum imzolandi.
CSCEC Sixth – Xitoyning eng yirik davlat qurilish korporatsiyasi China State Construction Engineering Corporation (CSCEC)ning oltinchi muhandislik byurosi hisoblanadi. Kompaniya yirik infratuzilma, sanoat va fuqarolik qurilish loyihalari sohasida jahon miqyosida faoliyat olib boradi. Fortune Global 500 reytingida doimiy ravishda 13-o‘ringa kiruvchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Beijing Silk Road Culture Development Co., Ltd. (rasmiy nomi: Beijing Haina Silk Road Culture Development Co., Ltd.) mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘zbekistonlik yosh olimlarni mazkur tashkilotda madaniy diplomatiya, Ipak yo‘li tadqiqotlari va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarida ilmiy stajirovkalarni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida memorandum imzolandi.
Beijing Haina Silk Road Culture Development Co., Ltd. – Ipak yo‘li mintaqasi mamlakatlari o‘rtasida madaniy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ixtisoslashgan Xitoy kompaniyasi bo‘lib, ilmiy-madaniy loyihalar, xalqaro tadbirlar va mintaqaviy rivojlanish dasturlarini amalga oshiradi. O‘zbekiston – Xitoy Ipak yo‘li hamkorligining strategik yo‘nalishlaridan birida 15 dan ortiq loyiha amalga oshirilgan