





Eron Islom Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv Innovatsion rivojlanish agentligi, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Eron Islom Respublikasining Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari, ta’lim va kengaytirish tashkiloti (AREEO) o'rtasida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida tashkil etilgan qisqa muddatli ilmiy stajirovkalar tanlovi natijasi yuzasidan keyingi chora-tadbirlarni, xususan, istiqboldagi rejalarni kelishib olish hamda yosh olimlarning Eron Islom Respublikasining Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari, ta’lim va kengaytirish tashkiloti (AREEO)da qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish va moliyalashtirish to‘g‘risida shartnomani imzolash maqsadida tashkil etilgan.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Eron mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishini ilm-fan va innovatsion texnologiyalar orqali rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida Eron Agrar tadqiqotlar, ta’lim va rivojlanish tashkiloti direktor o‘rinbosari Hossein Farazmand hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direktori v.v.b. Jonibek Tavakalov o‘rtasida mamlakatimizdagi yosh olimlarni Eron Agrar tadqiqotlar, ta’lim va rivojlanish tashkiloti ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.