



Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Ijro etuvchi direktori Jonibek Tavakalov hamda “Yoshlar oyligi”ni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan “Butunjahon yoshlar festivali”ga tashrif buyurgan Tatariston Respublikasi Yosh diplomatlar akademiyasi Raisi Sadikova Dilbar Asadullovnaning vakili Galimova Eleonora Alfredovna o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Eleonora Galimova uchrashuv davomida O‘zbekistonda “Butunjahon yoshlar festivali” yuqori saviyada tashkil etilganligi, butunjahon yoshlariga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik munosabatlari to‘g‘risida ijobiy fikrlarni bildirdi.
Shuningdek, uchrashuvda ikki tomonlam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.