




9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya” oyligi tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. Mazkur tashabbus doirasida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbirda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi xodimlari ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eng muhim yondashuvlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid milliy qonunchilik, Jamg'armada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar, ichki nazorat va xavflarni boshqarish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ochiq ma’lumotlar bilan ishlash, shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiluvchi elektron xizmatlar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali korrupsion holatlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy tajribalar taqdim etildi.
Taqdimotlar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, xodimlar o‘rtasida murosasiz munosabatni shakllantirish, ochiq muloqot muhitini kengaytirish kabi dolzarb mavzular yoritildi.
“Ochiq eshiklar kuni” Jamg'arma faoliyatining ochiqligi va shaffofligini mustahkamlash, korrupsiyani bartaraf etishga qaratilgan muntazam islohotlar haqida keng jamoatchilikni xabardor etishda muhim o‘rin tutdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.