
Innovatsion rivojlanish vazirligi “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi tegishli bandlar ijrosi yuzasidan qator ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, Davlat dasturida vazirlikka jami 12 ta topshiriq yuklatilgan bo'lib, shundan asosiy ijrochi sifatida 5 ta topshiriq (73, 166, 226, 240, 241 bandlar). Hamijrochi sifatida boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 7 ta topshiriq berilgan.
Bugungi kunga qadar Davlat dasturida belgilangan asosiy 5 ta band bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan.
1. Dasturning 73-bandida Vodorod energetikasi texnologiyalarini o'rganish va ilm-fanni rivojlantirish oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihasiini 2021 yil fevralga qadar ishlab chiqish vazifasi yuklatilgandi. Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6155-son Farmoni 73-bandi ijrosi yuzasidan Energetika vazirligi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 aprelda “O'zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi PQ-5063-sonli qarori qabul qilindi.
2. Dasturning 166-bandida Hududlarda ilmiy faoliyat bilan shug'ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ilm-fanga keng jalb qilish, nufuzli ilmiy maktablarni shakllantirish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish, soddalashtirilgan tartibda yoshlarning ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida ilmiy dasturni amalga oshirish bo'yicha Vazirlar mahkamasi qaror loyihasini 2021 yil 20 martga qadar ishlab chiqish yuklatilgan.
Mazkur band ijrosi yuzasidan “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug'ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2021 yil 19 aprelda №222-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2021 yildan boshlab har yili kamida bir marta respublikada ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug'ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlar o'rtasida “Akademik harakatchanlik” va “Bo'lajak olim” tanlovi tashkil etish belgilangan. “Bo'lajak olim” tanlovini tashkil etish va moliyalashtirish uchun har yili ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi doirasida ajratiladigan mablag'lar hisobidan 50 mlrd so'mdan kam bo'lmagan miqdorda mablag' ajratiladi.
3. Dasturning 226-bandida Fizika fanini ilm-fan sohasining ustuvor yo'nalishi sifatida rivojlantirish bo'yicha ilmiy izlanishlar ko'lamini oshirish va jahonning etakchi ilmiy tashkilotlariga yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun maqsadli kvotalar ajratish yuzasidan 2021 yil 1 mayga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Р Mazkur band ijrosi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19-martda “Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-5032-sonli qarori qabul qilindi.
4. Dasturning 240-bandida Iqtidorli yoshlar va ilmiy izlanuvchilar uchun oliy ta'lim muassasalari orasida faoliyat yuritadigan innovatsion o'quv-ilmiy markazni 2021 yil 20 iyulga qadar tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur band ijrosi yuzasidan Toshkent davlat texnika universitetida innovatsion o'quv-ilmiy markaz qurilish ishlari manzilli ro'yxati tasdiqlandi.
Markazini faoliyatini tashkil etish maqsadida jihozlash hamda asbob-uskunalar ro'yxati shakillantirildi, qurilish ishlari yakunlanmoqda.
Bundan tashqari ajratilgan hududda qurilish ishlari boshlangan bo'lib, binoning uch qavati ham qurib bitkazildi, hozirda laboratoriya, taqdimot ko'rgazma hamda o'quv mashg'ulot xonalariga ajratish ishlari olib borilmoqda.
5. Dasturning 241-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida Yoshlar texnoparklarni yil davomida faoliyatini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur band ijrosi yuzasidan 2021 yil 17 fevralda Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi texnopark qurilish ishlari yakunlanib, ish faoliyati yo'lga qo'yildi.
Andijon viloyatida Andijon mashinasozlik instituti hududida yoshlarning startap loyihalarini amalga oshirishga hamda takomillashtirishga xizmat qiladigan 6,3 mlrd. so'mlik Yoshlar texnoparki ish faoliyatini boshladi. Ushbu texnoparkda 2,4 mlrd. so'mlik zamonaviy laboratoriya asbob uskunalari hamda texnikalar xarid qilindi. Samarqand viloyatida Samarqand davlat universiteti huzurida umumiy qiymati 8,4 mlrd. So‘mlik, texnopark barpo etilmoqda. Unda o'quv kurslari, ishlab chiqarish zonalari, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun Samarqand Yoshlar texnoparkiga 4,1 mlrd. so'mlik laboratoriya asbob uskunalari hamda texnikalar xarid qilindi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida, Sirdaryo hamda Navoiy viloyatlarida texnopark qurilish ishlari uchun loyiha-smetasi hujjatlari tayyorlanmoqda.
Sirdaryo hamda Navoiy viloyat hokimlarining texnoparklarga tegishli er ajratilishi bo‘yicha qarorlari qabul qilindi. Ushbu hududlarda texnoparklarni qurilish ishlari boshlanishi 2021 yil II-choragi etib belgilangan.