
⏺O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 26 dekabr kuni o‘z Murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish vazifasini ta’kidladi.
⏺ So‘nggi yillardagi o‘zgarish va natijalarni hisobga olib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriq'iga muvofiq, yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi.
❗️Shunga ko‘ra, Strategiya loyihasi bugun uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz platformalarida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Marhamat, muhokamada faol ishtirok etib, fikr bildiring.
🗣Strategiya loyihasi bo‘yicha savol va takliflaringizni
📞 (71) 239-49-38,
📞 (71) 239-49-44 raqamli koll-markaziga
✉️ info@asr.gov.uz elektron manziliga yuborish mumkin.